Aerotenk
Aerotenk – 1) sun’iy aeratsiya (ya’ni, suvni havoga to’yintirishda) davrida oqova suvlarni faol balchiq bilan biologik tozalash inshooti; 2) oqava suvlarni aerobik bakteriyalar yordamida biologik tozalash inshooti. Aerotenk bo’ylab oqib o’tayotgan oqava suv va faol loy aralashmasidagi organik iflosliklar faol loy mikroorganizmlari bilan oksidlanishi natijasida tozalanadi.