Bo’lish (ajratish, rejalash, belgilash bilan bog’liq)
Bo’lish (ajratish, rejalash, belgilash bilan bog’liq) – 1) biror narsani taqsimlash, joylashtirish rejasi yoki loyihasi; 2) loyihalashtirilgan qurilish ob’yektining geometrik o’lchamlari va balandliklarni belgilashda amalga oshiriladigan geodeziya ishlari. Masalan: balandlik bo’ylab belgilash, asosiy nuqtalarni belgilash, imorat o’rnini belgilash, yo’l ko’tarmasi o’rnini belgilash, egri chiziqni bo’lish va hokazolar.