Viaduk

Viaduk – 1) jardan yoki tog’ orasidan o’tgan ko’prik; 2) yo’llarning jarik, tog’li dara, daryoning botqoqli kengliklari va hokazolar bilan kesishgan joylarida qurilgan tayanchlar ustiga o’rnatilgan, katta uzunlikka ega bo’lgan ko’prik inshooti. Viaduk uchun tayanchlar balandligi va oraliqlar o’lchamining chetki tomondan o’rta tomonga yaqinlashgan sayin asta-sekin o’sib borishi xarakterlidir.