Grafik (jadval, chizma)

Grafik (jadval, chizma) – 1) egri chiziqlar yordamida rivojlanishning miqdoriy ko’rsatkichlari tasvirlangan diagramma; 2) me’yorlar va bajarish muddatining aniq ko’rsatkichlari bo’lgan ish rejasi. Masalan: taqvimiy jadval, oqova suvlar sarfining o’zgarish chizmasi, cho’kishni ifodalovchi chizma, tiklash ishlarining soatbay jadvali, egilishlar chizmasi, ishlarni bajarish grafigi, tarmoq grafigi, umumlashtirilgan chizma, pog’onali chizma va hokazolar.