Zaminkori (zaminli o’yma)

Zaminkori (zaminli o’yma) – zaminni o’yib pardozlangan bezak. Zaminkori o’yma turlari: qirma pardoz zamini tekis o’yilgan pardoz: yorma (chok) pardoz-o’yma naqshning markaziy o’q chizig’ini qiyiq kesish natijasida chuqurlashtirilgan; yoyma (pax) pardoz-o’yma naqshning markaziy o’q chizig’idan ikki yonga pasaytirib kesiladi; lo’la pardoz-o’yma naqsh tanobi bo’rtmasi suyri shaklida bo’ladi.