Ikki qatlamli panel
Ikki qatlamli panel – ikkita asosiy qatlamga ega bo’lgan panel. Ko’ndalang kesimi yaxlit bo’lgan ikki qatlamli panel armaturalangan ikkita-yuk ko’taruvchi va issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamlardan tashkil topadi. Ekranli ikki qatlamli panel armaturalangan konstruktiv-issiqlik izolyatsiyalovchi betondan ishlangan ichki qatlam va tashqi ekranga ega bo’ladi.