BAKOVUL

BAKOVUL, bukovul — 1) Chingizxon davrida va Temuriylar saroyida taom va ichimliklar tayyorlovchi oshpazlar boshlig’i; 2) Oltin O’rda xonligida qo’shinga maosh-ulufa ulashish, o’ljalarni taqsimlash singari vazifalarni bajaruvchi yuqori mansabdor. Bakovulning hurmat-e’tibori juda yuqori bo’lgan, unga tumanbegi va mingbegilar ham bo’yso’ngan; 3) Buxoro amirligida saroy dasturxonchisi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval o’zi totib ko’ruvchi bosh oshpaz.