BAKTERIOLOGIK LABORATORIYALAR

BAKTERIOLOGIK LABORATORIYALAR — mikrobiologik tekshirish olib boriladigan ilmiyamaliy muassasa. Kasalxonalar huzuridagi diagnostika Bakteriologik laboratoriyalari kasallikni aniqlash uchun zarur tekshirishlar olib boradi. Sanepidstantsiyalar huzuridagi Bakteriologik laboratoriyalar aholini profilaktik tekshirishdan, oziq-ovqatlarni sanitariya-bakteriologik tekshirishdan o’tkazadi. Veterinariya Bakteriologik laboratoriyalari hamda nazorat vazifasini o’taydigan tor ixtisosli Bakteriologik laboratoriyalar ham bo’ladi.