Yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan portlandtsement
Yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan portlandtsement – portlandtsement klinkeri va gipsni (SO3 bo’yicha 1,5 dan kam bo’lmagan va 3,5% dan ko’p bo’lmagan miqdorlarda) qo’shib maydalash yo’li bilan olinadigan gidravlik bog’lovchi modda. Yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan portlandtsement qo’shimchasiz yoki 5% gacha opoka qo’shimchasi bilan chiqariladi, MgO ning klinkerdagi miqdori 5% dan oshmasligi lozim. Yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan portlandtsement yuqori markali betonlar olish uchun qo’llaniladi.