BAKTERISID QOG’OZ
BAKTERISID QOG’OZ (bakteriyalar va lotincha caedere — o’ldirmoq) — kumush nitrat va kumush xlorid eritmasi shimdirilgan g’ovak qog’oz; tarkibida 1 — 2 mg kumush tuzi bor. Mikroblarni o’ldirish xususiyatiga ega. Kattaligi 10-14 santimetr. Yarachaqalarni davolashda, kuyishning engilroq shaklida dezinfektsiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Badan chaqalanganda yoki ozgina jarohatlanganda Bakterisid qog’ozni suvga sal ho’llab, jarohatga yopiladi, ustidan paxta qo’yib, bint bilan bog’lanadi. Jarohat qonayotgan bo’lsa, Bakterisid qog’oz ho’llanmasdan qo’yila beradi. Bakterisid qog’oz chinni yoki to’qjigarrang shisha bankalarda saqlanadi.