Tez qotuvchi portlandtsement
Tez qotuvchi portlandtsement – C3S ni o’z tarkibiga (60 dan 70% gacha miqdorda) kirituvchi portlandtsement klinkeri, C3A (8% miqdorda) va gipsni (SO3 bo’yicha 1,5% dan 4,05gacha miqdorda) qo’shib maydalash yo’li bilan olinadigan gidravlik bog’lovchi modda. Bu tsement tarkibiga mineralli qo’shimchalarni tsement massasiga nisbatan 10%dan ko’p bo’lmagan miqdorda, domen pechining granulalangan shlaklarini tsement massasiga nisbatan 15% dan ko’p bo’lmagan miqdorda qo’shishga yo’l qo’yiladi. Yuqori markali beton olishda tez qotuvchi portlandtsementni qo’llashadi.