BALERINA
BALERINA (italyancha baleriana, lotincha Ballo — raqsga tushaman) — balet truppasidagi raqqosa. Balerina atamasi jahon san’atiga 19-asrning 2-yarmida kirib kelgan. Italiyalik mohir raqqosa (balerina) larning butun dunyo sahnasidagi muvaffaqiyatli chiqishlari bilan bog’liq. 20-asr boshidan barcha balet raqqosalariga nisbatan ishlatiladi.