Qo’riqxona

Qo’riqxona – 1) xo’jalik faoliyatidan to’la istisno etiluvchi, tabiiy holda, oddiy yoki noyob tabiat majmuasi saqlanadigan hudud yoki akvatoriya qismi. Tabiatni himoya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish maqsadida barpo etiladi, ilmiy muassasa mavqeiga ega; 2) davlat tomonidan himoyaga olingan joy, qo’riq joy; 3) davlat muhofazasiga olingan me’moriy yodgorliklar ham bo’lgan manzil. Masalan, Xivadagi “Ichan qal’a” qo’riqxonasi.