BALIQCHI QO’LTIG’I

BALIQCHI QO’LTIG’I (Ribaskiy qo’ltig’i) — Orol dengizining Janubdagi 1979 yilgacha bo’lgan qo’ltiq. G’arbda Mo’ynoq yarim oroli va Sharqda Amudaryo (Oqdaryo) ning dengizga quyilgan joyidagi chiqiq bilan chegaradosh. Baliqchi qo’ltig’i Janubda Baliqchi suv havzasi bunyod etilgan. U Oqdaryo, Madalio’zak, Toldiq kanallari suvlari hisobiga to’yinadi. Baliqchi suv havzasining chuqurligi 0,5 — 2 metr, baliqchilikda foydalaniladi. Baliqchi qo’ltig’i ning qolgan qismi zol qumlari (barxan, do’ng qumlar) va qoldiq sho’rxoklar bilan qoplangan. Sho’ra, yulg’un, qorabaroq, sho’rxoklarda qorasaksovul, siyrak holda cherkez o’sadi. Baliqchi qo’ltig’ining qum bosgan qismida shamolda qum ko’chishini kamaytirish maqsadida galofit va kserofit ihotazorlari barpo qilinmoqda.