BALLARI
BALLARI — Hindistondagi shahar, Hagari daryosi bo’yida. Dekan yassitog’ligi Janubda, Karnataka shtatida. Aholisi 245 ming kishi (1991). Ip gazlama, jun, shakarqand, metallsozlik sanoati rivojlangan. Paxta yetishtiriladigan va sotiladigan rayon markazi. Ballari yaqinidan temir rudasi qazib olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan: fil suyagi, metall va yog’ochdan turli buyumlar yasaladi, mato to’qiladi.