BALOZURIY AXMAD IBN YAHYO IBN JOBIR IBN DOVUD

BALOZURIY AXMAD IBN YAHYO IBN JOBIR IBN DOVUD (taxminan 820 — 892) — Arab tarixchisi. “Futuh ul-buddon” (“Mamlakatlarni fath etish”) va “Ansob ul-ashrof” (“iqtidorli kishilarning nasablari”) kabi tarixiy asarlari bilan mashhur. Birinchi asarining qisqartirilgan nusxasi bizgacha yetib kelgan. Unda xijrat davridai boshlab to Suriya, Armaniston, Misr, Mag’rib, Ispaniya, Iroq va Eronning fath etilishigacha bo’lgan tarixiy voqealar bayon etilgan. Asarda mahalliy xalqlar va turli mashhur qurilishlarga doir juda ko’p muhim ma’lumotlar ham bor. Shuningdek, unda Arab tilining fath qilingan mamlakatlarda devon ishlarida qabul etilishi, turli jarima va soliqlar, tanga va chaqa pullar, Arab yozuvining tarixi xususida ma’lumotlar mavjud. Bu kitob Gollandiyada sharqshunos de Gus tomonidan 1866 yilda nashr etilgan. Ozarbayjon va Armaniston haqidagi boblari esa rus tiliga tarjima qilingan.