BALXIY
BALXIY (taxallusi; asl ismi Abu Shukur Balxiy) (915 — ?, Buxoro)— shoir. Fors adabiyotida dostonchilikka asos solganlardan biri. Asosan Somoniylar hukmronligi davrida yashab ijod etgan. Ma’lum muddat Nuh ibn Nasr saroyida xizmat qilgan. Asarlarida insonparvarlikni, ilm va hunarni ulug’lagan, kishilarni tenglikka, tinchtotuvlikka da’vat etgan. “Ofarinnoma” dostoni (947) katta Shuhrat qozongan. Doston didaktik mavzuda (asarlaridan 379 bayt turli tazkira va lug’atlarda saqlangan). Asarlari Arab tiliga tarjima qilingan.