Mozaika

Mozaika – har xil materiallardan foydalanib bajariladigan devor, gumbaz yoki pol yuzasiga, mastika yoki eritma bilan mahkamlanadigan tasvirni to’liq qoplaydigan bezak yoki lavha kompozitsiyasi (inkrustatsiya va intarsiyadan farqli ravishda fon sifatida asosdan ajralmasdan). Mozaikani tayyorlash uchun rangli toshlar, smalta (har xil rangli shisha qotishmalarining bo’laklari), rangli keramik plitka va boshqa materiallardan foydalanilishi mumkin.