“O’ZBEKINVEST” EKSPORT-IMPORT MILLIY SUG’URTA KOMPANIYASI
“O’ZBEKINVEST” EKSPORT-IMPORT MILLIY SUG’URTA KOMPANIYASI — yagona korporativ tizimga ega bo’lgan ko’p tarmoqli sug’urta kompaniyasi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investisiyalarning sug’urta himoyasini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq milliy sug’urta kompaniyasi tarzida tashkil etilgan. 1997 yil 28 Fevraldan hukumatning eksport va import sug’urtasi bo’yicha maxsus sug’urta agenti maqomidagi O’zbekiston Respublikasi eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Muassislari: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (ustav kapitalidagi hissasi 50 million AQSh dollari), O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (ustav kapitalidagi hissasi 10 million AQSh dollari). Kompaniyaning asosiy vazifalari eksportchilarning chet ellarda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik xatarlaridan sug’urta himoyasini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasi tijorat bank rezidentlarining sug’urta himoyasini ta’minlash; mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tadqiq qilish va texnologiya, Tovar va xizmatlarning xalqaro bozor holati va rivojlanishi kompleks marketing tahlilini tashkil qilish; respublika va chet el investorlarining shaxsiy va mulkiy manfaatlari sug’urta himoyasini kompleks ta’minlash va boshqalar kompaniya chet el investisiyalari sug’urta himoyasi; ishlab choqarish tijorat faoliyatini umumiy xatarlardan sug’urtalash; eksport sug’urtasi; jismoniy shaxslarni sug’urtalash, hayot sug’urtasi kabi jahon sug’urta amaliyotida qo’llaniladigan barcha turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatadi. Kompaniyaning Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda 14 hududiy filiali bor. Kompaniya tomonidan “Ameriken Interneshnl Grupp” moliyaviy guruhi bilan hamkorlikda ustav kapitali 100 mln. AQSh dollari bo’lgan (20% AQSh, 80% O’zbekiston); “O’zbekinvest Interneshnl” qo’shma korxonasi (London; 1994; chet el investorlariga siyosiy xatarlardan sug’urta himoyasi ko’rsatish); ixtisoslashtirilgan “O’zbekinvest Eksiminform” marketing agentligi (1997; mahalliy tadbirkorlarning texnologiya, tovarlar va xizmatlar jahon bozoriga kirishi mapfaatlarini himoya qilish) “O’zbekinvest Assietash” servis agentligi (2000; O’zbekiston Respublikasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tibbiy, yuridik va texnik assistans bo’yicha xizmatlar ko’rsatish); “O’zbekinvest sarmoyalari” investisiya kompaniyasi (1997; qisqa muddatli kuponsiz davlat obligasiyalari bozorida brokerlik, dillerlik, anderrayting va nominal egalik xizmatlari ko’rsatish); “O’zbekinvest hayot” sug’urta kompaniyasi (2003; aholini ijtimoiy himoyalash tizimini yanada rivojlantirish, hayotni uzoq muddatli sug’urtalash) kabi sho’ba korxonalari faoliyat ko’rsatadi. 2003 yilda kompaniya sug’urta shartnomalar soni 2000 yilga nisbatan 1,5 marta, sug’urta majburiyatlari 2,5 marta, sug’urta mukofotlari 3,9 marta, sug’urta to’lovlari 11,9 marta o’sdi. Xalqaro va davlat darajasidagi institutlar — AQShning investisiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentligi (M1sa), xususiy chet el investisiyalari korporasiyasi (OR1S), Buyuk Britaniyaning eksport kreditlari kafolatlari departamenti (esse) va Germaniyaning “Germes”, Shveytsariyaning eksport kreditlari kafolatlari bo’yicha (Eks) va Italiyaning (8ASE) komissiyalari bilan sheriklik munosabatlari o’rnatilgan. Kompaniya 2003 yil dekabrdan xalqaro darajada sug’urta faoliyatini amalga oshirish sertifikatiga ega. Sunnatulla Umarov.