Ohak (ohakli)

Ohak (ohakli) – 1) yengil bog’lovchi mahsulot, qurilish va silikat mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan aralash bog’lovchilar va klinkersiz ohak shpakli tsement. Ohak ishlab chiqarishga xom-ashyo, ya’ni ohaktoshni qazib olish, uni maydalash va kuydirishga tayyorlash, kuydirish va ohak bo’tqasini qayta ishlash kirasdi. Qurilishda maydalangan ohak sovutilmagan (qaynoq), sovutilgan ohak (sovuq holda), ohak suti va ohak bo’tqasi ko’rinishida ishlatiladi; 2) ohaktoshdan pishirib tayyorlangan qurilish materiali. Masalan: oq ohak, tez so’nuvchi ohak, so’ndirilgan ohak, gidravlik ohak, qaynaydigan ohak, o’lik ohak, tuyilgan ohak, to’la so’ndirilmagan ohak, kuydirilmagan ohak, binokorlik ohagi, quruq so’ndirilgan ohak, xlorli ohak va hokazolar.

Leave a Reply