BANDALIK

BANDALIK — o’lim va dafn marosimi bilan bog’liq tushuncha. Biron kishi vafot etsa, ta’ziyaga keluvchilar marhumning oila a’zolarini yupatish uchun unga “bandalikda” deb murojaat qiladilar. Bu bilan tug’ilish bor ekan, o’lim ham bo’ladi, o’lim har bir insonning boshiga tushadigan mukarrar hodisadir degan fikr bildiriladi. “Bandalik”, “Bandalikni bajo keltiribdi” kabi iboralar vafot etibdi, ma’nosida qo’llaniladi.