Globus yoki yer xaritasiga nazar tashlaganingizda ulkan suv havzalariga ko’zingiz tushadi. Ular okeanlardir. Mavjud to’rtta okeandan eng kattasi tinch okeanidir. Odamlar uni kattaligi uchun Buyuk okean deb atashgan. Kattaligi bo’yicha Atlantika okeani ikkinchi, Hind okeani uchinchi, Shimoliy muz okeani esa oxirgi o’rinda turadi. To’rt okean suvi yer yuzidagi jami suv zahiralarining 9/10 qismini, ichki dengizlar va turli davlatlarning sohil bo’ylaridagi dengizlar esa 1 /3 qismini tashkil qiladi. Ichki dengizlar degani nima? Ular bir vaqtlar okeanning undan orollar yoki quruqlik bilan ajratilgan bo’laklaridir. Yevropa qit’asidagi O’rta yer dengizi va qora dengiz ichki dengizlarga misol bo’la oladi. Ular Atlantika okeanidan Gibraltar bo’g’ozi bilan ajratilgan. Yana bir misol tariqasida Baltika dengizini keltirish mumkin. U Atlantika okeanidan Skagerrak va Kattegat bo’gozlari bilan ajratilgan. Materiklarni o’rab turadigan dengizlar aslida ulkan ko’rfazlardir. Oq, Sariq va Oxota dengizlari bunga misol bo’la oladi. Kaspiy va Orol singari ulkan ko’llar ham dengiz deb ataladi. Xaritada okean dengizlari ham bor. Ular okeanlarning orollar bilan chegaralangan bo’laklaridir. Hind okeanidagi Andaman dengizi, Atlantika okeanidagi Sargass dengizi shular jumlasidandir. Atlantika okeani Yevropa va Afrikaning g’arbiy sohillaridan Amerikaning Sharqiy sohillarigacha bo’lgan hududda yastanib yotadi. Tinch okeani Shimoliy va Janubiy Amerikaning g’arbiy sohillaridan Osiyo sohillarigacha bo’lgan maydonni egallaydi. Hind okeani Afrikaning Sharqiy, Avstraliyaning g’arbiy va Osiyoning Janubiy qirgoqlari orasida joylashgan. Amerika va Yevropaning Shimoliy sohillarida Shimoliy muz okeani bor. Agar globusga sinchiklab qarasangiz, barcha okeanlarni ko’rasiz.
Sho’rtoblar nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r I nimani anglatishini bilasizmi
Shlang nimani anglatishini bilasizmi
Shuvoq (Ermon) nimani anglatishini bilasizmi
Shchit nimani anglatishini bilasizmi
Shvits qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r yerlar melioratsiyasi nimani anglatishini bilasizmi
Cho’chqaboqar nimani anglatishini bilasizmi
Cho’pon-cho’liq nimani anglatishini bilasizmi

