Shavkat Solihov (1944)
Solihov Shavkat Ismoilovich (1944.12.12, Toshkent) — kimyogar olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995). O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Biologiya fanlari doktori (1984), professor (1984).
O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1967). ToshDU tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasida ilmiy xodim (1967 —73), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo bo‘limida katta ilmiy xodim (1973—92), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti direktori (1993 yildan), ayni vaqtda, oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriyasi mudiri. O‘zbekiston milliy universiteti tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi mudiri (1998 yildan), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (2006 yildan).
Asosiy ilmiy ishlari oqsillar va peptidlar tuzilishi hamda xossalarini o‘rganishga oid. S. O‘rta Osiyo jonivorlari zahari tarkibidagi toksinlar, fermentlar va sh. k. biologik faol moddalarning tuzilishi hamda funktsiyasini o‘rgandi, 50 dan ortiq fiziologik faol oqsillar va peptidlarni ajratib odni, bulardan 15 tasining kimyoviy strukturasini anikladi. Shavkat Solihov rahbarligida g‘o‘za fitogormonining ta’sir mexanizmi urganilib, etilen, auksin, tsitokinin retseptorlari funktsiyasini tekshirish asosida defoliatsiyalash va o‘stirish faolligiga ega moddalarning skrining mezoni, kam gossipolli kunjara olish texnologiyasi ishlab chiqildi.