Siyenit (siyenitlar)

Siyenit (siyenitlar) – chuqurlikda joylashgan to’liq kristallanib otilib chiqqan tog’ jinslari bo’lib, ular yaxshi ishlov beruvchanligi, asosan, kaliy dala shpati, plagioklaz va rangli minerallar-biotit, piroksenning ko’p bo’lmagan miqdoridan tashkil topganligi bilan granitlardan farq qiladi. Mineralogik tarkibi bo’yicha siyenitlar granitlardan kvartsning mavjud emasligi va ishqorli dala shpatining ko’p miqdorda bo’lishi bilan farqlanadi. Mineralogik shkala bo’yicha siyenitlarning zichligi 2600-2800 kg/m3 ni tashkil etadi, ularning g’ovakdorligi va suvga to’yinganligi sezilarli emas; siqilishdagi mustahkamligi 120-150 MPa ga teng. Siyenitlar, asosan, dekorativ, pardozbop material hisoblanadi, ulardan binolarning tsokollari va yodgorlik haykallari uchun ishlatiladigan tosh sifatida foydalanishadi.

Leave a Reply