Sopol

Sopol – loy yoki uning mineral qo’shimchalar (ba’zan boshqa noorganik birikmalar) bilan aralashmasidan yuqori harorat ta’sirida, so’ngra sovigan holda tayyorlangan materiallar, shuningdek, ulardan tayyorlangan mahsulotlar. Masalan: yuza sopol, koshin sopoli, pishirilgan sopol, o’tga chidamli sopol, toshsimon tuzilishli sopol, santexnika sopoli, qurilish sopoli, bino old tomonini bezovchi sopol va hokazolar.