Uzluksiz harakat tegirmoni

Uzluksiz harakat tegirmoni – har xil qattiqlikdagi xom ashyoni uzluksiz yuklash va tushirish bilan mayda hamda nozik maydalash (silliqlash) uchun agregatlar. Konstuksiyasi va ishlashiga ko’ra, uzluksiz tegirmonlar sharsimon (tsilindrik va konus shaklida) kovak vallar orqali yoyish bilan; sharsimon periferik tushirish bilan; trubali ko’p kamerali; markazdan qochirma; shaxtali, tebranishli va tez otuvchi. Uzluksiz tegirmonlar havo ajratgich bilan yopiq shaklda ishlaydi.