“O’ZBEKISTON MATBUOTI”

“O’ZBEKISTON MATBUOTI” — ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-siyosiy jurnal. Muassisi: O’zbekiston matbuot va axborot agentligi, O’zbekiston Teleradiokompaniyasi, O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi. 2 oyda bir marta chiqadi. Jurnal dastlab “Turkiston matbaachisi” (“Turkestanskiy Pechatnik”, 1918— 24) nomi bilan o’zbek va rus tillarida yaxlit holda oyda 2 marta chiqqan. Keyinchalik uning o’rniga o’zbek tilida “muxbirlar yo’ldoshi” (1928 — 38), “bolshevistik matbuot” (1939-41), rus tilida “Nash rabkor” (1924-25), “tribuna rabkora” (1927-28), o’zbek va rus tillarida “mahalliy matbuot xodimlariga yordam” (“V pomogd rabotnikam mestnoy pechati”, 1952-64), “O’zbekiston matbuoti” (“pechat Uzbekistana”, 1965-68), “Muxbir” (“Korrespondent”, 1969-90) jurnallari chop qilingan. Jurnal 1991 yil yanvardan hozirgi nomda. “O’zbekiston matbuoti” mulkchilik shaklydan qat’i nazar, respublika ommaviy axborot vositalari (OAV) — gazeta jurnallar, teleradio, axborot agentliklari, nashriyotlar, Bosmaxonalar, kitob savdosi, ijodiy uyushmalar faoliyatini keng yoritib boradi. Keyingi yillarda respublika OAVlaridagi islohotlar va yangilanishlar jarayoni, shu jumladan, jurnalistlarning kasb mahoratini oshirish, ularning ijodiy va amaliy tajriba almashishiga ko’maklashish, jurnalist kadrlarni tayyorlash va axborot vositalarining yangi texnologik tizimini takomillashtirish hamda dunyo mamlakatlaridagi OAVlari faoliyatiga doir yangilik va tajribalarni O’zbekiston OAVlari orasida ommalashtirishga doir mavzular keng qamrab olinmoqda.