Ustaxona qanaqa joy?
Ustaxona – muayyan ishlar uchun jihozlangan joy bo’lib, uning asosiy xususiyati ishning katta qo’l mehnati bilan amalga oshirilishidadir. Hunarmandning ish joyi, o’tmishdagi asosiy ishlab chiqarish joyi (sanoatdan oldingi davrda). Keng tarqalgan va hozirgi kungacha mavjud turlari: kosibchilik, tikuvchilik, duradgorlik, metallga ishlov berish, mexanik ta’mirlash, zargarlik ustaxonasi. Bu alohida bino bo’lishi mumkin, lekin ko’p hollarda u binoning bir qismidir, chunki u katta maydonlarni talab qilmaydi. Masalan: o’zak tayyorlash ustaxonasi, bo’yoqchilik ustaxonasi, temirchilik ustaxonasi va hokazolar.
O‘xshash so‘zlar
- Ustaxona
- Usti berk hovli
- Ustidan tortish
- Ustiga qurish (ustki qavat)
- Ustki beton qatlami
- Ustki payvandlash
- Ustki pogon
- Ustki qatlam (ustki qobiq)





