BARGDAN OZIQLANTIRISH

BARGDAN OZIQLANTIRISH – o’simlikni oziqlantirishning bir turi; bunda o’simlikka oziq elementlari mineral o’g’itlar, mikroelementlar, o’sish stimulyatorlari barg va poyasi orqali beriladi. Oziq moddalar ekin maydoniga eritmalar yoki kukun holida purkaladi. O’rta Osiyoning issiq quruq iqlim sharoitida Bargdan oziqlantirish samarali bo’lmagani uchun kam qo’llaniladi.