BARI

BARI — Janubiy Italiyadagi shahar va yirik port, bari provinisiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 355 ming kishi (1990). Temir yo’l tuguni. Savdo-sanoat markazi. Neftni qayta ishlash va neft-kimyo, po’lat quyish va truboprokat, to’qimachilik, oziq-ovqat, rezina, yengil, yog’ochsozlik, tamaki sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari bor. 12 — 13-asrlar me’moriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Universitet, millim arxeologiya muzeyi va suratlar galereyasi bor.