Chastota (takrorlanish, takroriylik)

Ma’nosi

Chastota (takrorlanish, takroriylik) – davriy jarayon xarakteristikasi, vaqt birligidagi hodisalarning takrorlanish yoki sodir bo’lish soniga teng bo’lgan fizik miqdor. U takrorlanishlar sonining yoki hodisalarning sodir bo’lishining ular sodir bo’lgan vaqtga nisbati sifatida hisoblanadi. Masalan: majburiy tebranishlar chastotasi, tovush chastotasi, tebranishlar takrorliygi, aylanma takroriylik, eng yuqori takroriylik, xususiy takroriylik, xususiy tebranishlar takroriyligi va hokazolar.

O‘xshash so‘zlar

Ch harfiga oid qurilish atamalari: barcha so‘zlar