BARKASH
BARKASH, mis lagan — jez yoki misdan tayyorlanadigan ro’zg’or buyumi; doira yoki to’rtburchak shaklida ishlanadigan yuzi yoyiq, keng idish. Cheti (labi) yonga qayrilgan bo’ladi, cheti kungurali ishlangani qoshiklik Barkash deb ataladi. Barkash yuzasi nafis naqsh mujassamoti bilan to’ldirib bezatiladi, uning naqshsiz turi ham uchraydi.