“BARKLEYS BANK”

“BARKLEYS BANK” (“Barklays Bank”) — Buyuk Britaniyadagi yirik tijorat banki. 1694 yilda bankirlar uyi sifatida tashkil etilgan. 1869 yildan “Barkley end Kompani” nomi bilan yuritilgan. Angliya banklarining “katta to’rtligi”ga kiradi. Mamlakatda 2900 bo’limi va agentligi ishlaydi, 80 xorijiy mamlakatda 2 mingdan ortiq bo’limlari va sho’ba kompaniyalari bor (Afrika, O’rta Sharq, Lotin Amerikasi, AQSh, GFR, Belgiya va boshqa mamlakatlarda).