Nimaga ovqatlanganimizdan so’ng uyqu tortadi?

Nimaga bunday bo’lishiga olimlar orasida 2ta asosiy qarash bor.

— Ulardan biri, ovqatdan keyin qon miyadan chiqib, oshqozon va ichaklarga oqib chiqishi va miya zarur bo’lgan kislorod normasini olmasligi, bu esa bizni uyqu holatiga olib kelishini ta’kidlaydi.

— Ikkinchisi, Britaniyalik olimlar tomonidan o’rtaga tashlangan qarashdir. Ularning, aniqlashlaricha, miyamiz uyg’oqlik uchun javobgar bo’lgan hujayralarni, kechki ovqatdan keyin shunchaki “o’chirib qo’yish” ini aniqladilar. Shuning uchun uyg’oqlik uchun mas’ul bo’lgan miya hujayralari signal yuborishni to’xtatadilar.

Leave a Reply