Amir Temur maslahatlari: Vazir va maslahatchi qanday bo’lishi kerak?

Vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari lozim: birinchisi – asllik va toza nasllilik; ikkinchisi – aql-farosatlik; uchinchisi – askar va xalq ahvolidan boxabar bo’lib turish; to’rtinchisi – sabru chidamlik, tinchliksevarlik. Kimki shu to’rt sifatga ega bo’lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq kishi, deb bilsinlar, uni vazir yoki maslahatchi etib tayinlansinlar; mamlakat ishlarini, askar va xalq ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga to’rt imtiyoz: ishonch, e’tibor, ixtiyor va qudrat (katta huquq) berilsin.

Leave a Reply