Amir Temur maslahatlari: Amirlar qanday bo’lishi kerak?

Yaqin navkarlarimdan uch yuz o’n uch kishiga amirlik mansabini berishni buyurdim, chunki ular asli toza, aql-farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergark, ehtiyotkor, oldi va ketini o’ylab ish tutadigan kishilar edilar. Ularning har biriga o’rinbosar tayinladim. Agar amirlardan birontasi vafot etsa, u holda, o’rinbosari uning o’rniga o’tiradi. Amirlarimning hammasi aql-hush egalari, bazmu jang sherlari, mahoratli sarkarda, lashkar to’dasini buzib, uni mag’lub etuvchi kishilar edilar. … Uch yuz o’n uch kishidan to’rt nafarini beklarbegi etib, bittasini amir ul-umaro qilib tayinladim. Amir ul-umaroning hukmi yurishlarida, urushlarda amirlar va tamom askarlar tarafidan so’zsiz bajarilsin. U o’zim borimda-yo’ldoshim, yo’g’imda esa o’rinbosarim hisoblanadi.

Leave a Reply