Depressiya, tushkunlik nima degani
Depressiya, tushkunlik nima degani – tushkunlik bilan xarakterlanadigan ruhiy holat. Odam juda hayajonlangan, asabiylashgan va bezovta bo’lishi yoki aksincha, uning harakatlari bo’shashgan va sekinlashgan bo’lishi mumkin. Odamning xulq-atvori umidsizlik va ishonchsizlikka asoslangan bo’lib, uning uyqusi buziladi, uyqusida alahsiraydi, ishtahasi va diqqati yo’qoladi. Depressiya ba’zi bir umumiy va ruhiy kasalliklarga yo’liqqanda, og’ir turmush sharoitlarida omadsizlik, kamsitilish, yaqin kishilardan judo bo’lish va boshqa hollarda ro’y beradi. Depressiya holatida kishi kamharakat, kamgap, ko’pchilikka qo’shilmaydigan bo’lib qoladi. Depressiya rivojlanishining bir nechta sabablari mavjud. Maniakal-depressiv psixoz asosiy affektiv buzilish bo’lib, juda kuchli depressiya rivojlanishiga olib keladi, bunda o’zining hech narsaga yaramasligi to’g’risidagi alahlash va gallyutsinatsiya kuzatiladi. Davolash antidepressantlar, kognitiv terapiya yoki psixoterapiya yordamida olib boriladi. Ancha jiddiy hollarda elektr shok terapiyasini qo’llanish zaruriyati yuzaga kelish mumkin.