BAG’LON

BAG’LON (baqtriycha bagolaggo — ibodatxona, sajdagoh) —Toxaristonning eng qadimgi shaharlaridan biri. Milodning boshlarida u yerda “podsho Kanishka Muzaffarning ibodatxonasi” joylashgan, uning xarobalari Afg’onistondagi hozirgi Bag’lon shahri yaqinida. Baland Surx ko’tal tepaligida saqlanib qolgan. U yerdan katta baqtriy yozuvida bitilgan toshtaxta topilgan, unga ko’ra bu ibodatxona milodiy 1-asrdagi Kushon podshosi Kanishka tomonidan qurilgan. 7-asrda Xitoy sayyohi Syuan Szan Toxaristonda Pokyelang mulkini qayd etib o’tadi, u ilk o’rta asrdagi Bag’longa to’g’ri keladi. Bag’lon yaqinidagi tepalikdan kushonlarning buddaviylikka oid tosh rsleflari topilgan. Bu yerdan sal narida murabba shakldagi Shom qal’a tepaligidan buddaviylikka oid tosh kapitellar va ustunlarning asosi topilgan. Bular Kushonlar davrida Bag’lon Baqtriya-Toxaristonning yirik liniy markazlaridan biri bo’lganidan darak beradi. O’rta asr manbalarida Bag’lon ba’zan Baqlon shaklida ham uchraydi. Sam’oniyning yozishicha, Bag’lon shahri ikki qismdan — yuqori Bag’lon va quyi Bag’londan iborat bo’lgan, ularning har biri alohida shahar — “balda” hisoblangan. 9 — 10-asrlarda quyi Bag’londa jome masjidi bo’lgan. 10-asrda yuqori Bag’londa mashhur istirohat yeri sanalgan “Katta qishloq” bo’lgan. Bu yerda butun vodiy yam-yashil daraxtlarga burkangan, aholisi ko’p bo’lib, shaharga turli tomondan karvon yo’llari kslib tutashgan; ov qilish uchun qulay joy sanalgan. Beruniyning yozishicha, 1l-asda u yerda baland bir tepalik bo’lib, uning tepasida zaharli quziqorinlar o’sgan. Quyi Bag’lon ma’muriy markaz bo’lib, unda hokim saroyi joylashgan. Bag’lon qadimgi nomini shu kungacha saqlab qolgan bo’lib Bag’lon daryoning Kunduzdaryoga quyiladigan yeriga yaqin joylashgan. U yerda shifobaxsh Chashmai shir bulog’i mavjud. 13-asr boshida Bag’lonni mo’g’ullar bosib olgan. Mo’g’ullardan keyingi davr manbalarida Bag’lon yirik shahar sifatida qayd etilgan.

BAG’LON — Afgoniston shimoldagi shahar, Surxob daryosi yaqinida, Kobul — Xonobod avtomobil yo’li yonida. Bag’lon viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 44,6 ming kishi (1987). Qand lavlagi yetishtiriladigan rayonning savdo markazi. Shakarqand ishlab chiqarish kichik korxonalari bor.

BAG’LON — o’zbek xalqi tarkibiga kirgan 92 o’zbek urug’ qabiladan biri. “Nasabnomayi o’zbek” asarida boshqa o’zbek urug’qabilalari qatorida sanab o’tilgan. Toponim nom sifatida O’zbekiston, Afg’onistonda saqlanib qolgan.