BAXAVALPUR
BAXAVALPUR — Pokistondagi shahar. Satlaj daryosi bo’yida. Panjob viloyatida. Aholisi 200 ming kishi chamasida (1981). To’qimachilik, oziq-ovqat (sholi, yog’, un) sanoati korxonalari bor. Baxavalpurda qishloq xo’jalik mahsulotlari (don, paxta va boshqalar) bilan savdo qilinadi. Hunarmandchilik (gilam to’qish, kulolchilik) rivojlangan.