BAHOUDDIN IBN SHADDOD

BAHOUDDIN IBN SHADDOD (to’liq ismi: Abulmahosin Yusuf ibn Rofi’ ibn Shaddod al-Asadiy) (1145 — 1234) — Arab tarixchisi, faqihi. Bag’dodda ay-yubiylar sultoni Salohuddin alayyubiy (1138 — 91) saroyida avval qoziaskar, keyinchalik Quddusi Sharif hokimi etib tayinlanadi. Sulton Salohuddin vafot etgach, uning o’g’li Sulton az-Zohir G’oziy (1167-1215) uni Halab qozisi etib tayinlaydi. Bahouddin ibn shaddod o’zi qurgan “Dor ul-hadis” (“Hadis uyi”) madrasasida umrining oxiriga qadar mudarrislik qilib, bir qancha asarlar yaratadi. Ulardan eng mashxuri — “Siyrat salohiddin al-Ayyubiy” (“Salohuddin al Ayyubiy sarguzashti”) nomli tarixiy asaridir. Bahouddin ibn shaddodning fiqhga doir “Mal-ja’al-ahkom inda iltibos al-ahkom” [“Hukmlar chalkash bo’lganda murojaat qilinadigan (to’g’ri) hukmlar kitobi”], “Daloil al ahkom” (“Hukmlar dalillari”) kabi asarlari ham mavjud.