BEBOKCHA

BEBOKCHA, Beboqcha (fors— sho’x, shaddod, dadil) — maqom yo’llarida yaratilgan o’zbek mumtoz ashulasi. Kuyohang va parda tuzilishi bo’yicha bo’zruk maqomiga mos keladi. Xalq orasida bir necha xillari tarqalgan bo’lib, ular usul (Ufar yoki sur’ati tezlashtirilgan Saraxbor) va avjlar ko’lami bilan farqlanadi. Bebokchaning mukammal kuy yo’lini Xoji Abdulaziz Abdurasulov qayta bastalagan; avji turkni kiritib, Navoiyning “Chashmi ohularmidur” va Zebunnisoning “Nashud” Radifli g’azallari bilan aytgan. T. Jalilov va G. Sobitovlarnnng “Nurxon” musiqali dramasidagi “Yorimni derman” dueti Bebokcha ashulasi asosida yaratilgan. Unda Turk avji o’rnida Uzzol namudi ishlatilgan.