BEGLOV BORIS MIXAYLOVICH

BEGLOV BORIS MIXAYLOVICH (1938.8.7, Novomoskovsk) — kimyogar olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), texnika fanlari doktori (1975), professor (1983). Moskva kimyo-texnologiya institutini bitirgan (1960). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo institutida ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (1972-82), direktor (1982— 89), laboratoriya mudiri (1989-92),O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’g’itlar institutida laboratoriya mudiri (1992— 95), yetakchi ilmiy xodim (1995 yildan). Beglov fosfor va komasnsatlashtirilgan fosfatlar, mochevina-formaldegid birikmalar, organomineral o’g’itlar va fiziologik faol moddalar kimyosi sohasida tadqiqotlar olib borgan. Anorganik tuzlar va fiziologik faol moddalar asosidagi 117 ta suv-tuzli sistemalarni o’rganib, ularda 54 ta yangi birikmalar hosil bo’lishini kashf qilgan.