BEGONALASHUV

BEGONALASHUV — inson faoliyati va uning natijalari mustaqil kuchga aylanib, inson ustidan hukmronlik va unga yovuzlik qiladigan holatga kirishishini ifodalaydigan ijtimoiy jarayon. Mehnat shart-sharoiti, vositalari va mahsuli ustidan ijtimoiy nazoratning yo’qligida, shaxsning hukmron ijtimoiy guruhlar tomonidan aldamchilik yo’li bilan boshqarish ob’yektiga aylantirilishida namosn bo’ladi. Begonalashuv kishi ongida muayyan tarzda aks etadi (ijtimoiy me’yorlarni yot va yovuz me’yorlar sifatida idrok etish, yolg’izlik hissi, loqaydlik va boshqalar). Begonalashuv kontsepsiyasining kelib chiqishi T. Gobbs, J. J. Russoga borib taqaladi, Gegel tomonidan esa rivojlantirildi. 20-asr falsafa, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyasida Begonalashuvning ayrim tomonlari tadqiq etilmoqda.