BEDA BARG FILCHASI
BEDA BARG FILCHASI, fitonomus (Photonomis variadilis Hrbst.) — bedaning xavfli zararkunandalaridan. Uzunburunlar oilasiga mansub mayda ko’ng’izcha bulib, bo’yi 5 — 7 millimetr, tumshug’i ingichka va chuziq (shuning uchun filcha deyiladi), asosan kurtchasi bedaning yosh bargini, kurtagini, g’uncha va gullarini shikastlaydi. Beda barg filchasi tumshug’i bilan poyani teshib, uning kovaklariga 3 — 30 tadan tuxum qo’yadi. Bitga filcha 2000 — 2500 tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurtcha barg kurtaklari ichiga teshib kiradi, uchinchi marta pust tashlagandan keyin barg sirtaga chiqib, bargni yeydi. Barg ilma-teshik bo’lib qoladi. Yetuk qurtcha barglar orasida to’r pilla ichida g’umbakka aylanadi. Bedapoya, yo’l va ariq yoqalaridagi o’simlik qoldiqlarida hamda tuproqning yuza qatlamida qishlaydi. Qurtlarining rivojlanish davri 15 — 28 kun. Kurash choralari: bedapoyalarni kuzda va erta ko’klamda boronalash, shu muddatlarda sug’orish, beda ko’kara boshlaganda rogor, fozalon kabi insektisidlarni purkash yoki changitish.