BELLOU

BELLOU (Belliw) Sol (1915) amerikalik yozuvchi. “Gerzag” (1964), “Mister Sammler sayyorasi” (1969) romanlari muallifi. Bularda ma’naviy qadriyatlar va madaniyat an’analariga ishonch aks etgan, shu bilan birga zamonaviy taraqqiyot ziddiyatlari sezgirlik bilan mulohaza qilingan. “Gumboldt ne’mati” romani (1975) Amerika salohiyati xususida, asarda tushkunlik ruhi ustun. “Epchil va boshqa hikoyalar” to’plami (1984) turmushning “Abadiy” mavzui — o’lim va tavbatazarru haqida. Nobel mukofoti laureati (1976).