BENEFIS
BENEFIS (Fransuzcha benefice — foyda) — tushumi to’la yoki qisman teatr jamoasi yoki ayrim aktyorga to’lanadigan spektakl. Birinchi Benefis Frantsiyada 1735 yil o’tkazilgan. O’zbekistonda birinchi Benefis 1924 yilda atoqli aktrisa Ma’suma Qoriyevaning Halima (F. Zafariy, “Halima”) rolini 100 marta ijro etishi munosabati bilan o’tkazildi. 1925 yildan sobiq Ittifoqda, jumladan O’zbekistonda Benefis bekor qilinib, uning o’rniga artistlarning ijodiy kechalarini uyushtirish rasm bo’lgan. 1958 yil Otello (U. Shekspir, “Otello”) rolini 500-marta ijro etilishi munosabati bilan A. Hidoyatovning ijodiy kechasi (Benefisi) o’tkazilgan.