BENZIDIN
BENZIDIN — (4,4 diaminodifenil), H2NC, H4CrH4NH2 organik birikma, aromatik diamin. Molekulyar modda 184,23. Rangsiz yaltiroq kristallar. Havoda va yorug’lik ta’sirida qorayadi. Suyuqlanish temperaturasi 128°, qaynash temperaturasi 401,7°. Suvda 0,4% (12°da), efirda 2,2% (15°da), etanolda 1,0% (80°da) eriydi. Karbon va mineral kislotalar bilan tuz hosil qiladi. Benzidinni birinchi marta N. N. Zimin gidrazobenzolni anorganik kislotalar bilan qizdirib olgan (1845). Sanoatda nitrobenzolni ishqoriy muhitda rux bilan gidrazo benzolgacha qaytarib, unimineral kislotalar ta’sirida izomerlash yo’li bilan olinadi. Benzidin azobo’yoqlar sanoatida xom ashyo sifatida, analitik kimyoda xrom, mis, oltin, qo’rg’oshin, simob va shu kabilarni aniqlashda ishlatiladi. Kantserogen xususiyati bor.