BENONI

BENONI — JARdagi shahar, Transvaal provintsiyasida, Yoxannesburg shahri yonida. Aholisi 100 mingdan ziyod (1990). Temir yo’l tuguni. Oltin qazib olish markazi. Elektrotexnika asboblari ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya, to’qimachilik, metallsozlik va mashinasozlik sanoati rivojlangan. Shaharga 1904 yilda asos solingan.