BERDO
BERDO — to’quv stanogi (dastgohi) ning asosiy ish organlaridan biri. Qadimdan gazmollar to’qishda qo’llanilgan. Berdo bir-biriga parallel joylashgan bir necha temir plastinkalardan taroq shaklida yasaladi. Berdo to’quv stanogida tanda iplarini to’qima eniga bir tekis taqsimlaydi, zichlashtiradi, arqoq ipini to’qima chetiga uradi, mokini yo’naltirib turadi. Plastinkalar orasidan tanda iplari o’tkaziladi. Berdo to’quv stanogi bataniga tiqib qo’yiladi. Berdo tishlari (plastinkalari) zichligiga (har 1 santimetrga 2,5 dan 40 tagacha tish) qarab to’qilgan gaxaama zichligi ham har xil chiqadi.