BERING BO’G’OZI
BERING BO’G’OZI — shimoliy Sharqiy Osiyo va shimoliy Amerika oralig’idagi bo’g’oz. Shimoliy Muz okeani (Chukotka dengizi)ni tinch okean (bering dengizi) bilan bog’laydi. Uzunligi 96 kilometr, kengligi 86 kilometr, eng sayoz joyining chuqurligi 36 metr. Oktabrdan avgustgacha bo’g’ozda suzib yuruvchi muzlar ko’p buladi. Antropogen davrida Bering bo’g’ozi o’rnida bir necha marta dengiz tubi ko’tarilib har ikki qit’ani birlashtiruvchi quruklik “ko’prigi” paydo bo’lgan. Bo’g’oz o’rtasidagi Diomid orollari orqali RF va AQSh ning davlat chegarasi o’tgan. Bering bo’g’ozini dastlab 1648 yil kazaki Dejnev suzib o’tgan, so’ngra 1728 yilda V. Bering ekspeditsiyasi tadqiq qilgan (bo’g’oz ekspeditsiya rahbari nomi bilan atalgan). Sohillari 1732 yil xaritaga tushirilgan.